Flutter – Android & iOS mobil dasturlash (Boshlovchilar uchun)
Assalomu alaykum. Flutter bo'yicha birinchi o'zbekcha video kursiga xush kelibsiz ! Flutter bu Google'ning maxsus framework'i hisoblanib, u yordamida bir vaqtning o'zida ham Android ham iOS platformalari uchun mobil dasturlar tuzish imkoniyatini beradi. Flutter yangi texnologiya bo'lishiga qaramay mobil dasturlash olamida o'z o'rnini mustahkam egallab ulgurdi. Video kursimiz yordamida siz Flutter bo'yicha boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lasiz.

Kurs qay tartibda oʻtiladi?
Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.
Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs tarkibi
- 23 ta dars
- Kurs davomiyligi - 10 soat
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish